“O‘zbekneftgaz” AJ Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarish jarayonlarini barqarorligini ta’minlash, texnologik qurilmalarning ekspluatatsiya jarayonlaridagi shayligini oshirish uchun 2020 yilning 15 aprel kunidan boshlab kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.
Ta’mirlash ishlari 10 kun davomida, 313 ta belgilangan band va maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida amalga oshiriladi.
Rejaviy ta’mirlash ishlari davomida quyidagi asosiy ishlar bajariladi:
- tabiiy gazni namlikdan tozalash uzelida adsorbentlarni almashtirish;
- sovutish suvi tizimidagi issiqlik almashish apparatlarini tozalash;
- piroliz pechlari izolyatsiyasi va issiqlik quvurlarini ta’mirlash;
ushbu korxonaga tabiiy gaz uzatilishi to‘xtaganidan foydalanib, ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan “Uzbekistan GTL” zavodiga yoqilg‘i gazini uzatish quvurini, magistral gaz quvuriga ulash ishlari amalga oshiriladi.
Ta’mirlash ishlarini bajarilishida 655 nafar ishchi-xodim vaxta rejimida, 2 smenada ishga jalb qilingan bo‘lib, ular zavodning “Ishchilar shaharchasi”da istiqomad qilishadi.
Ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida, ishchi-xodimlar kuniga 4 mahal korxona hisobidan bepul ovqat, shaxsiy himoya va antiseptik vositalar bilan to‘liq ta’minlanadilar.
Majmua texnologik qurilmalarining ta’mirlash ishlariga jalb qilingan mutaxassislar tomonidan ishlarni bajarish muddatini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.
www.sgcc.uz