“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi O‘zbekistonning janubiy-g‘arbiy qismida Qarshi qumliklarining cho‘l hududida joylashgan bo‘lib, “Sho‘rtan” gaz kondensati koni bazasida barpo etilgan.
Majmuada xomashyo gazi, tovar gazi, polietilen granulasi, suyultirilgan gaz, gaz kondensati, oltingugurt granulasi, alyumin kompozitli panellar, polietilen quvurlar, shlanglar, ulovchi qism (fiting)lar va tomchilab sug‘orish tizimlari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ 2020 yilda koronavirus pandemiyasi bo‘lishiga qaramay uzluksiz ish rejimini ta’minladi va korxonaga yuklatilgan rejadagi topshiriqlarni o‘z vaqtida ortig‘i bilan bajarilishiga erishdi.
Xususan, tabiiy gazni qabul qilish bo‘yicha 2020 yil uchun prognoz – 4 015,3 mln kub metr hajmida belgilangan, amalda 4 197,5 mln kub metr qabul qilindi (reja 104,5 foizga bajarildi).
Tovar gazni ishlab chiqarish bo‘yicha 2020 yil uchun prognoz – 3 377,7 mln kub metr hajmida belgilangan, amalda 3 583,6 mln kub metr ishlab chiqarildi (reja 106,1 foizga bajarildi).
Gaz kondensat ishlab chiqarish bo‘yicha 2020 yil uchun prognoz – 205 ming tonna hajmida belgilangan, amalda 221,9 ming tonna ishlab chiqarildi (reja 108,2 foizga bajarildi).
Shundan, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha o‘tgan yil uchun prognoz – 112 ming tonna hajmida belgilangan, amalda 117 202 ming tonna ishlab chiqarildi (reja 104,6 foizga bajarildi).
Oltingugurt ishlab chiqarish bo‘yicha 2020 yil uchun prognoz – 1 000 tonna hajmida belgilangan, amalda 1 050,6 tonna ishlab chiqarildi (reja 105,1 foizga bajarildi).
Polietilen ishlab chiqarish bo‘yicha 2020 yil uchun prognoz – 127 ming tonna hajmida belgilangan, amalda 132,5 ming tonna ishlab chiqarildi (reja 104,3 foizga bajarildi).
Bundan tashqari, 2020 yilda majmua ishchi-xodimlari uchun qo‘shimcha ravishda qulayliklar yaratish hamda majmuaning ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida uzluksiz ish rejimini ta’minlash maqsadida 300 nafar ishchi-xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, yengil konstruktsiya asosida yana bir yangi “Ishchilar shaharchasi” qisqa fursatlarda bunyod etildi.
Hozirda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsion loyihasini amalga oshirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Kelgusida mavjud bo‘ladigan xomashyo zaxirasi hajmidan kelib chiqib ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorining kengaytiriladigan hajmi belgilandi.
Mavjud qurilmalarni rekonstruktsiya qilish va yangi texnologik tarmoqlarni qurish natijasida majmuaning polimer mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatini yiliga 505 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan