Reja asosida joriy ta’mirlash ishlariga majmuaning 800 dan ortiq malakali ishchi-xodimlari jalb etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida mavjud konstruktsion jihatdan murakkab bo‘lgan qurilma va uskunalarning joriy ta’mirlash ishlari ham korxonaning o‘zida amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlab o‘tish joizki, rejali joriy ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish jarayonlarida kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan uzilishlarning oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJda ta’mirlash ishlari karantin qoidalari, xavfsizlik texnikasi hamda gaz va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.

 

 

www.sgcc.uz