“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘i bilan jamiyat tasarrufidagi boshqarma va korxonalarda yoqilg‘i-moylash mahsulotlaridan oqilona foydalanish, avtomototransport vositalarining texnik holati va ularni maqsadli va samarali ishlatish holati hamda haydovchilarning malakasini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilab olingan.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Transport va maxsus texnika departamenti mutaxassislari tomonidan tizimda faoliyat olib boruvchi barcha avtotransport vositalari haydovchilarning yo‘l harakati qoidalari va xavfsizlik asoslari bo‘yicha bilimlari hamda amaliyot tajribalari sinovdan o‘tkazish orqali mustahkamlab boriladi.

Navbatdagi imtihonlar Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi haydovchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Haydovchilar uchun tashkil etilgan mazkur sinov jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘lib, dastlab ulardan shablon olindi, so‘ngra og‘zaki suhbatdan o‘tkazildi. Sinov natijalari bo‘yicha yig‘ilish bayonnomasi tuzildi. Sinovdan o‘tmagan haydovchilardan 15 kundan so‘ng takroriy imtihon olinadi.

Haydovchilar berilgan ikkinchi imkoniyatdan ham foydalana olmay, sinovlarda past natijani ko‘rsatishsa, ishchi guruh tomonidan ularga nisbatan tegishli xulosalar chiqariladi va choralar ko‘riladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz