“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘i bilan tizimda importdan keltirilayotgan ehtiyot qismlar, tovarlar va kimyoviy reagentlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar bazasida o‘zlashtirish, natijada sifatli va arzon valyutani tejaydigan mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha mahalliy ishlab chiqaruvchilar – “Kukil Gaspacks” MCHJ QK va «GIDRO STANKO SERVIS» MCHJ mutaxasislari bilan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda uchrashuv tashkil etildi.
Unda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining mexanik ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganib chiqish va mahalliy korxonalar tomonidan tegishli texnik parametrlar asosida sifatli ishlab chiqarish hamda o‘z vaqtida yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Majmuaning import mahsulotlarning yillik buyurtmasidan kelib chiqqan holda mexanik ehtiyot qismlarning texnik topshiriqlari va ularning namunalari taqdim qilindi. Tashrif buyurgan mehmonlar zavod qurilmalarida qo‘llanilayotgan mexanik ehtiyot qismlarni ishlash faoliyatini ko‘zdan kechirishdi.
“Sho‘rtan GKM” MCHJ “Kukil Gaspacks” MCHJ QK va “GIDRO STANKO SERVIS” MCHJ bilan hamkorlikda kooperatsiya aloqalarni kengaytirish maqsadida, ikkala tomondan ishchi guruh tashkil etilib, zavod majmuasi ehtiyoji uchun zarur mexanik ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek “Kukil Gaspacks” MCHJ QK va “GIDRO STANKO SERVIS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan import o‘rnini bosuvchi mexanik ehtiyot qismlar namunalaridan foydalanib, texnologik jarayonda texnik sinovdan o‘tkazish ishlari rejalashtirib olindi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati