Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "Aristokratlar", Ichki suv ta’minoti sexining "Obi-hayot" va Elektr ta’minoti sexining "Energetik" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Ichki suv ta’minoti sexining "Obi-hayot" jamoasi 9 ball bilan navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Azamat To‘raqulov tomonidan berilgan esdalik sovg‘alarini qabul qilib olishdi.

Shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan intellektual shousining dastlabki bellashuvining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Ichki suv ta’minoti sexining "Obi-hayot" jamoasi a’zosi Ermat Hasanov e’tirof etilib va majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz