Joriy yilning 8-iyul kuni “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2022-yilning 1-yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan boshqaruv apparati xodimlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida:
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2022-yil 1-yarim yillik faoliyati natijalari, ishlab chiqarish reja-topshiriqlarini bajarilishi holati, yil yakuni bilan kutilayotgan ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi borasidagi masalalar;
Texnologik qurilmalarning barqaror ishlashini ta'minlash, avariyaviy uzilishlar natijasida majmuaga yetkazilgan salbiy oqibatlar ta'sirini to‘liq bartaraf etish borasidagi bajarilayotgan ishlar muhokamasi;
Majmuada 2022-yil oktyabr oyida rejalashtirilgan joriy ta'mirlash ishlariga tayyorgarlik holati, olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari tahlili, ta'mirlash ishlarini qisqa vaqt ichida va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish borasidagi bajarilayotgan ishlar tahlili;
Jamiyat Boshqaruv apparati xodimlari zimmasiga yuklatilgan topshiriqlarning bajarilish holati, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda talab etilayotgan vazifalarning bajarilishi, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va galdagi muhim vazifalarning bajarilishini ta'minlash borasida tegishli mutasaddilarning o‘zlari uchun belgilab olgan chora-tadbirlari muhokamasi;
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ro‘yxatga olingan murojaatlarning tahliliy hisobotiga ham alohida to‘xtalinib, murojaatlarning mos davrning o‘tgan yilgi holati bilan taqqoslangan tahlili o‘rganildi;
Ishlab chiqarishni koordinatsiyalash bo‘limi tomonidan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2022-yil I yarim yillik faoliyati natijalari, ishlab chiqarish reja-topshiriqlarini bajarilishi holati, yil yakuni bilan kutilayotgan ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi borasidagi taqdimotlari namoyishi;
Ishonchlilikni boshqarish xizmati tomonidan oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ta'mirlash ishlariga tayyorgarlik ko‘rish holati, ta'mirlash ishlarini qisqa vaqt ichida va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish hamda integratsiyalangan boshqaruv tizimining iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan tashqi audit natijalari;
Sanoat xavfsizligi, Sog‘liqni saqlash, mehnat va atrof-muhit muhofazasi boshqarmasi tomonidan jamiyatda o‘tkazilgan atrof-muhitni muxofaza qilish hamda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik bo‘yicha tekshiruv natijalari holati, aniqlangan kamchiliklar, ko‘rilayotlan chora-tadbirlar borasidagi tanqidiy tahliliy tusdagi muhokama bo‘lib o‘tdi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati