O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan muntazam ravishda Sohil futbolini rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida Sohil futboli bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.
Dastlab Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 8 ta jamoa o‘rtasida qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi va jamoalar ikki guruhga saralandilar.
Murosasiz bahslar va qiziqarli vaziyatlar ostida o‘tgan guruh bosqichi o‘yinlaridan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan SHGKM terma jamoasi yarim final bellashuvida SKUF jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Keskin va teng kurashlarga boy bo‘lgan final uchrashuvida SHGKM terma jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq jamoasidan 4:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqaning faxrli 2-o‘rinini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa so‘ngida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tda, unda sovrindor jamoalar va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘lganlar taqdirlandilar. Musobaqaning yeng yaxshi o‘yinchisi nominatsiyasini majmuamiz terma jamoasi a’zosi Joriyaqulov Elnur qo‘lga kiritdi.
Shu munosabat bilan SHGKM sohil futboli terma jamoasi a’zolarini majmuaning ko‘p ming sonli ishchi-xodimlari nomidan ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati