18-fevral kuni "SHGKM" MCHJ Bosh direktori SH.CH. Aslanov va bosh direktorning transport masalalari bo`yicha o`rinbosari N.N.Xalilov Transport va maxsus texnikalar bilan ta`minlash xizmatiga tashrif buyurib, ishchi-xodimlari bilan uchrashuv o`tkazdi. 

Uchrashuv davomida xizmat xodimlari o`zlarining bir qator qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Jumladan :

-yangi ish xaqi tizimiga o`tilishi munosabati bilan ishchi-xodimlarga tizim to`g`risida tushunchalar berildi;

-SHGKM-Nuriston avtomobil yo`lining ta`mirlash ishlari rejasi borasida ham ma`lumot berildi;

-dam olish kunlarida majmua ichki buyrug`i asosida ishga jalb qilinadigan ishchi-xodimlarga ish xaqi belgilash va to`lash tartibi xususida ham batafsil tushuntirishlar berildi;

-transport va maxsus texnikalar bilan ta`minlash xizmati kasaba uyushmasi faoliyati haqida suhbat o`tkazildi;

Rahbariyat tomonidan Transport va maxsus texnikalar bilan ta`minlash xizmatida jamoat kengashini tashkil qilish, kengash a`zolarini saylab olish hamda kengash a`zolariga yuklatiladigan vazifalar yuzasidan xizmat boshlig`i va transport masalalari bo`yicha Bosh direktor o`rinbosariga ko`rsatmalar berildi.