"SHGKM" MCHJ bosh direktori SH.Aslanov, bosh direktorning ishlab chiqarish bo`yicha o`rinbosari v.v.b O.Murtazaev va bir guruh boshqa ma`sul  xodimlar Polietilin ishlab chiqarish tsexiga tashrif buyurib,ishchi xodimlar bilan uchrashuv ochiq muloqot tarzida utkazildi.

Muloqot davomida tsex ishchi xodimlari o`zlarini bir qator qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Jumladan:

-kadrlarni har tomonlama rivojlantirishga e`tibor qaratish va malakasini oshirib borish borasida qilinayotgan ishlar bo`yicha ma`lumot berildi;

-bu borada kadrlarning o`zlari tomonidan qanday ishlar olib borilishi lozimligi to`g`risida yo`nalishlar berildi;

-qarorolar qabul qilishda keng jamoatchilik fikrini inobatga olish va jamoatchilik kengashlarining vazifalariga to`xtalib o`tildi;

-kadrlar zaxirasini yaratib borish va shakllantirish bo`yicha bir qator takliflar berildi;

-jamoatchilik o`rtasida majmuaga oid ma`lumotlar almashinuvi darajasini yangi bosqichga olib chiqish dolzarbligi;

-barcha bo`g`inlarda birdek uchrashuvlar,muzokaralar olib borilishi lozimligi ta`kidlandi;

-ijtimoiy va madaniy yo`nalishlarda ham qilinadigan ishlar ko`lamini kengaytirish lozimligi;

-yangi ish haqi tizimiga o`tilishi munosabati bilan ishchi xodimlarga tizim to`g`risida tushunchalar berildi;

-ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlarida majmua ichki buyrug`i asosida ishga jalb qilinadigan ishchi xodimlar ish vaqtining me`yoridan oshib ketmasligiga e`tibor qaratishlari lozimligi xususida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Tsex boshlang`ich kasaba uyushma yetakchisining faoliyat hisobati tinglandi.

"SHGKM" Rahbariyati tomonidan tsexda boshlang`ich kasaba uyushma yetakchisini, yoshlar yetakchisini,jamoat kengashi tashkil qilinsa,kengash a`zolarini ham ishchi xodimlarning o`zlari tomonidan saylash orqali qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etilsa, ishchi xodimlarning manfaatlari himoya qilinishini ta`minlashga erishilishi haqida tushuntirishlar berildi.