"SHGKM" MCHJ ning o`tkazilishi rejalishtirilgan tadbirlari yuzasidan majmua ishchi-xodimlari diqqatiga!
1. Majmuada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, iqtidorli kadrlarni aniqlash qullab-quvvatlash va rag`batlantirib borish maqsadida majmuada "Brain-ring" intelektual shousi o`tkazilishini ma`lum qilamiz.
Bellashuv 3 bosqichda o`tkaziladi. Tsexlar yo`nalishlar bo`yicha 4 guruhga bo`linib ishtirok etadilar.
Yo`nalishlar quyidagicha:
1. Ishlab chiqarish tsexlari;
2. Yordamchi tsexlar;
3. Xizmat ko`rsatuvchi tsexlar;
4. Noishlab chiqarish tsexlari;
1- bosqich-saralash: har bir (1,2,3,4) yo`nalishning o`zida bellashuv o`zaro o`tkazilib, saralash g`olibi aniqlanadi.
2- bosqich-oraliq: 1- yo`nalish g`olibi 2- yo`nalish g`olibi bilan, 3- yo`nalish g`olibi 4- yo`nalish g`olibi bilan bellashib, yo`nalishlar g`olibi aniqlanadi.
3- bosqich-final: 1-2- yo`nalish g`olibi bilan, 3-4- yo`nalish g`olibi bellashib, FINAL G`OLIBI aniqlanadi.
Shu munosabat bilan "Brain ring" intelektual shousida qatnashish istagi bo`lgan barcha tsexlardan o`z jamoasini tuzishni, nomlashni va jamoa a`zolari ro`yhatini 2020-yil 25-fevralgacha Korparativ aloqalar va ijtimoiy rivojlanish xizmati \\192.168.100.72 IP-elektron pochtasi (Breyn ring papkasi)ga yuborishingizni so`raymiz.
Birinchi saralash turniri 1-yo`nalish tsexlarining 3 ta jamoasi o`rtasida 2020-yil 28-fevral kuni soat 15:00 da majmuaning katta majlislar zalida o`tkaziladi.
Korparativ aloqalar va ijtimoiy rivojlanish xizmati
Murojaat uchun telefon: 75 552 40 20
2. Majmuada 2020-yil 11-mart kuni soat 9:00 dan 21:00 gacha "Sumalak sayli" marafoni o`tkazilishi ma`lum qilamiz.
Marafon dasturida musiqali chiqishlar, fol`klor, raqs, ashula, saxna ko`rinishlari, aytishuvlar, jonli ijro, badiiy chiqishlar o`rin olgan
Har bir tsex ushbu tadbirda yuqoridagi yo`nalishlardan biri bo`yicha ishtirok etishi shart (badiiy kengash bilan kelishilgan holda). Jamoa a`zolari soni 8-10 nafardan oshmasligi lozim. Har bir jamoaviy chiqishga 20-30 daqiqadan vaqt beriladi.
Shu munosabat bilan "Sumalak sayli" marafonida o`z chiqishlari bilan isktirok etuvchi tsexlar o`z jamoasini tuzishni va jamoa a`zolari ro`yhatini 2020-yil 26-fevralgacha Korparativ aloqalar va ijtimoiy rivojlanish xizmati \\192.168.100.72 IP-elektron pochtasi (Sumalak sayli papkasi)ga yuborishingizni so`raymiz.
Korparativ aloqalar va ijtimoiy rivojlanish xizmati
Badiiy kengash a`zolariga murojaat uchun telefon:
+998 91 948 13 69 - Berdiev Xurshid
+998 99 575 70 50 - Boymurodova Gullola
3.SHGKM ishchi-xodimlari diqqatiga! O`z intelektual salohiyatingizni rivojlantirib borishni hohlaysizmi?
Energetika sohasi yoki korxona faoliyatiga aloqador mavzuda maqola yozing va @sgcc_taklif telegram manziliga yuboring.Maqolalar majmua devonxonasida qog`oz ko`rinishida qabul qilinadi.Yuborilgan maqolalar rasmiy kanalda e`lon qilinadi.Sizning bu harakatlaringiz ma`muriyat tomonidan rag`batlantirib boriladi.Eng yaxshi deb topilgan maqola muallifi Samsung telivizori bilan taqdirlanadi!
P.S: Maqolalarni O`zbek va Rus tillarida yozish mumkin! Maqola mualliflaridan o`z rasmlarini yuborishlari so`raladi!
Siz majmuada qanaqangi ommaviy tadbirlar o`tkazilishini xohlardingiz?
O`z takliflaringizni @sgcc_taklif telegram manziliga yuborishingiz mumkin.Sizning taklifingiz albatta ko`rib chiqiladi.
Yuborilgan takliflar saralanib, "Eng yaxshi g`oya","Eng yaxshi ssenariy"mualliflari qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.
Barcha xodimlarni ijtimoiy so`rovda faol qatnashishni so`raymiz.
#ijtimoiyso`rov
Korparativ aloqalar va ijtimoiy rivojlanish xizmati
Murojaat uchun telefon: 75 552 40 20
www.sgcc.uz