"SHGKM" Bosh direktori Sh. Aslanov 2-mart kuni Qarshitermoplast tsexiga tashrif buyurib, ishchi-xodimlar bilan uchrashdi.

2020-yil 2- mart kuni "SHGKM" Bosh direktori Sh. Aslanov, Kasaba uyushma qo`mitasi raisi Y. Botirov, Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati xizmati boshlig`i U. Xonqulov, Umumiy ovqatlanish tsexi boshlig`i M. Murodov QTP tsexiga tashrif buyurib, ishchi-xodimlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tsex ishchi-xodimlari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Jumladan:

yangi ish haqi tizimiga o`tilishi munosabati bilan ishchi-xodimlarga tizim to`g`risida tushuncha berildi ;
Kommunal to`lovlar, kredit va uy-joy masalalari bo`yicha savollarga javob berildi ;
ishchi-xodimlarning razryadlarini oshirish bo`yicha qo`llanishi ko`zda tutilayotgan yangi amaliy tizim haqida tushuncha berildi ;

Majmua Bosh direktori Sh. Aslanov tsex rahbariyatiga 15 kun muddatda, ishchi-xodimlarning razryadlarini oshirish bo`yicha yangi savollar bazasini tuzish bo`yicha topshiriq berdi. 

 

Tsex kasaba uyushma qo`mitasi yetakchisi etib, bir ovozdan hozirda ushbu vazifani bajarib kelayotgan mashinist Sh. Ibodov saylandi.

 

Majmua Bosh direktori Sh. Aslanov tsex oshxonasida ishchi-xodimlarning sifatli ovqatlanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

 

www.sgcc.uz