“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig‘i bilan hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatining, G‘uzor tumanida joylashgan Sho‘rtan gaz kimyo majmasida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida “Uzbekneftegaz GTL” zavodida ishlab chiqariladigan 430 ming tonna naftani qayta ishlash natijasida, yiliga, yuqori daromadli bo‘lgan 280 ming tonnagacha polietilen va 100 ming tonnagacha polipropilen ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Yangi zavodda ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan yangi yuqori zichlikdagi polietilen va polipropilen keng sohalarda ishlatilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular puflab va quyma shakllantirish, quvurlar ishlab chiqarish, plyenka va tolalar ishlab chiqarish hamda ekstruziya jarayonlariga mo‘ljallangan.

Dunyoda taniqli bo‘lgan ishlab chiqarish lizenziarlari tanlangan bo‘lib, ular AQShning “Shevron Pilliphs Chemical” (polietilen ishlab chiqarish) va “McDermott” (polipropilen ishlab chiqarish va nafta krekingi qurilmasi) kompaniyalaridir.

Batafsil loyihalashtirish ishlariga Janubiy Koreyaning“Hyundai Engineering” va “Dji Es Injiniring end Konstrakshn” kompaniyalari jalb qilingan bo‘lib, ularning yuqori malakali va katta tajribaga ega bo‘lgan muhandislari “O‘zbekneftgaz” AJ va “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining” yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda loyihalashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Shuningdek “Hyundai Engineering” va “Dji Es Injiniring end Konstrakshn” kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasi hududida “Uz-Kor Gas Chemical ” zavodi loyihasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishida va ishga tushirilishida ham o‘z xissalarini qo‘shishgan.

Ayni paytda loyihalashtirish bo‘yicha 30 foizlik 3D (uch o‘lchamli) Model ishlab chiqilib tasdiqlandi hamda 60 foizlik 3D Model ishlab chiqish jarayoni davom etmoqda. Bular o‘z navbatida 90 foizlik yakuniy 3D Model yaratilishining asosini tashkil etadi. Uskunalarni xavfsiz ishga tushirish va ishlatish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunga kelib asosiy uskunalarni yetkazib beruvchilarni oldindan saralash jarayoni davom etmoqda. Umumiy 371 tadan 126 ta asosiy texnologik uskunani ishlab chiqarishga buyurtma berildi.

Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy omillaridan biri bu professional kadrlarni tayyorlashdir. Hozirgi kunda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hududida kadrlarni tayyorlash markazi tashkil etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish sexlar va ob’yektlarda saralab olingan yosh mutaxassislar, shu jumladan neft va gaz sohasidagi oliy o‘quv yurtlarini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilar amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni o‘tashmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz