"SHGKM negizida tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish"tashqi infratuzilmasi obyektlarini qurilish investitsion loyihasi!

Mazkur loyiha ishlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-avgustdagi 868-F sonli Farmoyishiga asosan amalga oshirilmoqda.

Tashqi infratuzilma obyektlari ro`yxati:

  • Elektr ta`minoti obyektlari;
  • Gaz ta`minoti obyektlari;
  • Temir yul infratuzilmasi obyektlari;
  • Ma`muriy xo`jalik majmuasi obyektlari;
  • Qo`riqlash shaharchasi;
  • Qo`riqlash obyektlari;
  • Suv ta`minoti obyektlari;
  • Suv ta`minoti va oqava suvlarni tozalash obyektlari;
  • Ishchilar shaharchasi;

1.Elektr ta`minoti obyektlari 4 ta bosqichdan iborat:

  • Ikkita 35 kV elektr uzatish liniyasini montaj qilish;
  • Nazorat va optik-tolali kabel liniyalarini montaj qilish;
  • "SHGKM"podstansiyasida ORU-220 elektr uzatish moslamasini kengaytirish;
  • Har birining quvvati 125 MVt bo`lgan 2 ta transformatorli yangi podstansiya qurilishi;

2.Gaz ta`minoti obyektlari qurilish ishlari quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Asosiy va yoqilg`i gazlari quvurini yotqizish;
  • Xom-ashyo va tovar gazlari sarfini hisoblash moslamasini o`rnatish;
  • Boshqaruv klapanlarini o`rnatish;

3.Temir yul infratuzilmasi obyektlari qurilish bosqichlari:

Ichki va tashqi temir yo`lning qismlarini yotqizish

  • Xabar berish,bloklash va muhandislik kommunikatsiyalari qurilmalari;
  • Vagonlarni tashish tizimi;
  • "Kengsoy"stansiyasini kengaytirish;

Mazkur investitsion loyiha doirasida qurilayotgan obyektlar haqida ma`lumatlarni slayd ko`rinishida taqdim etamiz:

 

www.sgcc.uz