“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘i bilan aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona va zavodlarda rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlarining sifatini tubdan yaxshilash va uni nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.

Ushbu tadbirlar doirasida Rossiyaning “POLATI” kompaniyasi mutaxassislarining Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, “Uz-kor gaz chemical” qo‘shma korxonasi va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida taqdimotlari tashkil etildi.

Taqdimotlarning mavzulari neft va gaz obyektlarida balandlikda bajarilayotgan rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlarini bajarilishida qurilish-montaj Lesa(qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarishda ishchilar va materiallarni joylashtirish uchun vaqtinchalik yordamchi tuzilma)larini tezkor yig‘ishda malakali servis xizmat ko‘rsatishga bag‘ishlandi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, “POLATI” kompaniyasi qurilish-montaj Lesalarni tezkor yig‘ishni amalga oshirib, ta’mir ishlari vaqtida uskunalar to‘xtalishini qisqartiradi. Kompaniya tarkibida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi hamda muxandislik bo‘limlari mavjud. Shuningdek, uning faoliyati qurilish-montaj Lesalarini yig‘ish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash kabi xizmatlarni ham o‘z ichiga qamrab olagan. Bundan tashqari Lesalarni sotish hamda ijaraga berish bilan ham shug‘ullanadi.

Kompaniya taklif etayotgan xizmat turlari, korxona va zavod rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar hamda ta’mirlash ishlarini muddatidan oldin yakunlanishini ta’minlaydi.

Taqdimot davomida xorijlik mutaxassislar obyektlarda olib borilayotgan qurilish-montaj hamda ta’mirlash ishlarini bajarishda Lesalar bilan ishlash afzalliklari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni berishdi. "POLATI" kompaniyasining sohadagi muxandislik ko‘magi, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi yo‘nalishlarida yuqori standartlarga rioya qilish ham kompleks yondashuvlar bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlari obyektlardagi moliyaviy jihatdan mablag‘larni qisqartirish imkonini beradi.

Taqdimotlar davomida korxona va zavod mutaxassilari ta’mirlash tiklash ishlari vaqtida belgilangan reja ko‘rsatgichlarni optimallashtirish, Lesa aylanmasini hisoblash, shuningdek, Lesalarni o‘rnatish va demontaj qilish uchun pudratchi tashkilotlarni jalb etish va boshqa bir qancha savollariga javob olishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz