“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘iga asosan, Buxoroda joylashgan konlardan qazib olinayotgan tabiiy gaz miqdorining aniq sarf hisobini yuritish maqsadida, Gazni kompleks tayyorlash qurilmasi kengaytirilmoqda.
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish maqsadida, geologik qidiruv ishlaridan keyin yangi “To‘maris” va “Savatli” konlari ochildi.
Natijada, qo‘shimcha 9,2 km gaz quvuri montaj qilinib, ushbu konlardan qazib olinayotgan tabiiy gazni “Kulbeshkak” Gazni kompleks tayyorlash qurilmasi orqali “Uchqir” Gazni oltingugurtdan tozalash kompleksiga uzatila boshlandi.
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi “To‘maris”, “Savatli”, “Doyaxotin”, “Hojiqazg‘on” va “Kulbeshkak” konlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz miqdorining aniq sarf hisobini yuritish, tahlil ishlarini olib borish, avtomatlashtirish hamda raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
Shuning uchun ushbu ishlarni amalga oshirish va quvurlarda transportirovka jarayonlarini yaxshilash maqsadida, “Kulbeshkak” Gazni kompleks tayyorlash qurilmasini qo‘shimcha suyuqliklarni ushlab qolish uchun separatorlar montaj qilish orqali kengaytirish ishlari boshlandi.
“Kulbeshkak” Gazni kompleks tayyorlash qurilmasini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan barcha texnologik apparat va uskunalar olib kelinib, montaj va qurilish ishlari davom ettirilmoqda.
“Kulbeshkak” Gazni kompleks tayyorlash qurilmasini kengaytirish konlardan qazib olinayotgan tabiiy gaz miqdorini aniq sarf hisobini yuritish hamda raqamlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Bundan tashqari, pul mablag‘larining ortiqcha sarfini tejashga hamda tabiiy gaz quvurlarida gidravlik qarshiliklarning yo‘qotilishi evaziga kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish xajmini ko‘paytirishga erishiladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan