“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘iga asosan jamiyat tasarrufidagi boshqarmalarda qator geologik-texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Zevarda” neft-gaz kondensat konidagi 309-sonli quduqda ham burg‘ilash ishlari tugatildi. Quduqning 2764–2827 metr ochiq o‘zanida o‘zlashtirish ishlari olib borildi.

Natijada, quduqdan kunlik 66 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,3 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Hozirda ushbu quduqning ustini jihozlash va uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.

Ma’lumot uchun: “Zevarda” neft-gaz kondensat koni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan bo‘lib, 1979 yilda ishga tushirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz