Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Neft va gaz sanoatida zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar” Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Dastavval, Neft va gaz fakulteti o‘quv-amaliyot poligonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda so‘zga chiqqan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi rahbari Sh.Aslanov bugungi konferentsiyadan ko‘zlangan maqsad, institut va korxona o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik natijalari, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida qilinayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e’tirof etdi.

Xususan, zaxira kadrlarni shakllantirish maqsadida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi stipendiyasi” ta’sis etildi.

Shuningdek, tadbirda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ rahbari Sh.Aslanov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.

Ilmiy-amaliy anjuman doirasida institut professor-o‘qituvchilari, neft va gaz sohasida faoliyat olib borayotgan respublikadagi korxona va tashkilotlarning mas’ullari va boshqa oliy o‘quv yurtlari olimlarining soha bo‘yicha olib borayotgan ilmiy va amaliy yangiliklar, muammo, kamchilik va yutuqlari haqidagi ma’ruzalari tinglanadi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz