O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabridagi "O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-5847-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash va fan ta'lim ishlab chiqarish integratsiyasini hozirgi zamon talablari darajasida tashkil etish va raqobatbardosh kadrlar sifatini yanada oshirish maqsadida Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Institutining "Umumtexnika fanlari" kafedrasi talabalari "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tasarrufidagi Qarshitermoplast ishlab chiqarish sexida bo‘lishdi.
Tashrif yakunida, talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda tanlagan yo‘nalishlaridagi nazariy bilimlari qanchalik amaliyotga tatbiq etilayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, kelgusida xuddi shu kabi yirik sanoat korxonalarida yetuk mutaxassis sifatida faoliyatlarini olib borishni maqsad qilib oldilar.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati