Prezident neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
“O‘zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatining birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari ham muhokama qilindi.
Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Davlatimiz rahbari mazkur uch tarmoqni jadal rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, shuningdek, koronavirus pandemiyasi sharoitida barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar qo‘ydi.
O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmatidan