“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘i bilan aksiyadorlik jamiyatining yaqin va uzoq muddatdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha neft va gaz sanoatidagi dunyoning yetuk kompaniyalar bilan hamkorlik ishlar olib borilmoqda.
Rossiyaning “PEGAZ” texnologik va injiring kompaniyasi hamda “O‘zlitineftgaz” AJ bilan hamkorlikda “O‘zbekneftgaz” AJga tegishli kompressor qurilmalarni modernizatsiya qilish va gazning tarkibidan oltingugurt ajratib olish yo‘nalishida muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida ishchi guruh Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi zavodlariga borildi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlari aks etgan taqdimotlar o‘tkazildi.
Ishlab chiqarish faoliyati va texnologik qurilmalarni ishlatishda duch kelinayotgan muammolarni tezkor va ijobiy hal etish choralari bo‘yicha bilim va tajribalar almashildi.
Ma'lumot uchun: NIPI “PEGAZ” – neft, gaz va kimyo sanoatida neft va gaz qazib olish, tashish, qayta ishlash va saqlash obyektlarini loyihalash va ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yetkazib berish, ishga tushirish va ishga tushirish bo‘yicha to‘liq ishlarni amalga oshiradigan texnologik muhandislik kompaniyasi hisoblanadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati