“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gaz mahsulotlarini barqaror yetkazib berish, ishlab chiqarishning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida mas’ul departament xodimlari tomonidan tizimdagi boshqarma va korxonalarda tashviqot, nazorat ishlari olib borilmoqda.

Koronavirus pandemiyasining neft va gaz sohasiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida mas’ul xodimlardan iborat shtab tashkil etilgan bo‘lib, obyektlarga kirib chiqayotgan barcha xodimlar dezinfektsiya tunneli va antiseptik vositalar bilan dezinfektsiya qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.Targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish davrida tizimdagi obyektlarda “COVID-19” koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu tadbirlar rejasiga asosan, ishlar doimiy ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Har bir xodimning tana harorati o‘lchanmoqda, ro‘yxati olinmoqda va faqat tibbiy niqob bilan kiritish tartibi joriy etilgan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasining talabnomasiga asosan, koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan shaxs bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida zudlik bilan ma’lumot berish kerakligi yuzasidan xodimlar o‘rtasida doimiy ravishda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda tizimdagi boshqarma va korxonalar rahbarlari pandemiya tarqalishining oldini olish hamda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilmoqda.

Xodimlarni COVID-19 koronavirus infektsiyasiga tahlil (test) topshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 16 782 nafar, qo‘shma korxonalarda 2 291 nafar jami 19 073 nafar, ishchi xodim COVID-19 ga qarshi test topshirgan.

Koronavirus pandemiyasini keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, Sanoat va ekologiya xavfsizligi, Sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi Departamenti tomonidan tashkillashtirilib doimiy nazoratga olingan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz