Buyuk kimyogar D.I. Mendeleev shunday deb yozgan: “Kelajak avlod kimyogarlari hozirgi kunga qadar erishgan ilmiy muvaffaqiyatlarni asta-sekin kengaytirib, vatanga qadim zamonlarda ko‘pchilik boshqa usullar bilan qilingandan ko‘ra ko‘proq foyda yetkazadi. Kelajakda erishiladigan yutuqlar umuminsoniyatga foyda keltiradi, zulmat va xurofatgina zarar ko‘radi. Ilm kurtaklari unib, xalq uchun hosil beradi”.

Kimyo fanini Respublika miqyosida keng rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Kimyogarlar sanoatning barcha sohasida asosiy kasb egasi hisoblanishadi. “O‘zbekneftgaz”AJ tarkibidagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda turli yo‘nalishlarda kimyogarlar faoliyat olib borishadi. Soha rivojida Universitetning Kimyo fakulteti bitiruvchilarining ham hissalari borligini alohida e’tirof etish mumkin. Mazkur korxonada bitiruvchilarimizdan Mallaev Botir Nurillaevich – Zavod markaziy laboratoriyasi boshlig‘i,  Usmanov Choriyor Eshmo‘minovich – Ekoanalitik laboratoriyasi boshlig‘i, Xoliyorov Shavkat Bakirovich – Atrof muhit muhofazasi xizmati yetakchi muhandis – ekolog va boshqalarni misol ketirishimiz mumkin.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy Universiteti hamda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ o‘rtasida hamkorlik yo‘lga quyilgan bo‘lib, Kimyo fakulteti professor o‘qituvchilari ishlab chiqarish xodimlari bilan ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilishda o‘zaro fikr almashish doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan sanoat chiqindilarini chuqur qayta ishlash yoki xavfsiz zararsizlantirishning yangi usullarini topishda bir qator ishlar olib borishmoqda.

Mazkur sxema asosida ish olib borishni maqsad qilgan yetakchi muhandisi Sh. Xoliyorov professor Abdushukurov Anvar Kabirovich ilmiy rahbarligida “Oqova suvlarni tozalash sexi 6401 qurilmasi rezervuarida yig‘ilgan chiqindi tarkibini o‘rganish va qayta ishlash” bo‘yicha ishlarini olib bormoqda. Bajarilgan ishlar asosida mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda, ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida hammualliflikda materiallar chop etildi.  

Yaqinda  “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ yetakchi muhandisi Sh.Xoliyorov Kimyo fakultetida bo‘lib, bajarilgan ishlar bo‘yicha Organik kimyo kafedrasi professor o‘qituvchilariga hisob berib, qator laboratoriyada tahlillar o‘tkazdi. Bundan tashqari kelgusida bajariladigan ishlar rejasini o‘zaro kelishib olishdi. Professor Abdushukurov Anvar Kabirovich  qisqa fursatlarda yaxshi natijalarga erishish uchun yanada ko‘proq ishlash kerakligini ta’kiladi.

Fakultetning Organik kimyo kafedrasi jamoasi tarkibi organik birikmalardan iborat sanoat chiqindilarini qayta ishlash yoki xavfsiz zararsizlantirish bo‘yicha, Polimerlar kimyosi kafedrasi professor o‘qituvchilari hosil bo‘ladigan “quyi molekular polimer” chiqindisini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish borasida ishlar olib borishmoqda. Analitik kimyo kafedrasida Ekoanalitik laboratoriyasi bilan kimyoviy tahlilning yangi usularini topish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bu ishlarni amalga oshirish orqali Universitet hamda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ rahbariyati mamlakatimizda Kimyo faning rivojlanishiga shart sharoit yaratib berishganini alohida e’tirof etish lozim.

O‘zMU Axborot xizmati

 

 

www.sgcc.uz