"O‘zbekneftgaz" jamoasi Sirdaryoga 30ta yuk mashinasidan iborat "saxovat karvoni"ni yubordi.
"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan 3 may kuni Sardoba tuman aholisiga 300 tonnaga yaqin turli mahsulotlar 28ta yuk avtomashinasiga ortilgan holda etkazib berildi.
Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, sirdaryoliklarga ko‘mak sifatida jami 1,9 mlrd so‘mlik xayriya yordami ajratilgan.
"Saxovat karvoni"dan ko‘plab turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, shaxsiy gigiena vositalari va boshqa buyumlar joy olgan.
Beg‘araz yordamni shakllantirishda "O‘zbekneftgaz" AJ xodimlari ham hissasini o‘z xohishlari bilan pul mablag‘lari va boshqa turli xildagi birlamchi ehtiyoj mahsulotlari, kitoblar va kiyim-kechaklar yuborib, o‘z hissasini qo‘shdi.
Yuborilgan mahsulotlar Guliston shahrida tashkil etilgan maxsus shtabda qabul qilib olindi.
Bundan tashqari, "Sardoba" suv omborini tiklash ishlari uchun "O‘zbekneftgaz" AJ tizim tashkilotlari tomonidan 50 tonna dizel yoqilg‘isi ham etkazib berildi.
"Ta’kidlash kerakki, bu – sardobaliklarga ko‘rsatilayotgan yordamning birinchi bosqichi bo‘lib, toki u erda vaziyat o‘z iziga tushmas ekan, jamoa a’zolari va tizim korxonalari tomonidan beg‘araz yordam ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi", – deb ma’lum qildi korxona matbuot xizmati.
www.sgcc.uz