"O‘zbekneftgaz": Investitsion loyiha doirasida tabiiy gaz va gaz kondensatining qazib olish hajmi ko‘paytirilmoqda

"Natural Gas-Stream" KQ MChJ tomonidan "Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsion bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarida qazish ishlarini amalga oshirish” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.


Investitsiya loyihalarni amalga oshirish departamentining ma’lum qilishicha, hozirgi kunga qadar loyiha doirasida 25 ta quduq burg‘ulanib, 2 ta quduqda ikkinchi yon tana qazish ishlari va 21 ta quduqda mukammal ta’mirlash ishlari tugatildi va 600 kv.km. maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari o‘tkazildi.

Oqchaloq investitsion blogidagi 1-sonli qidiruv qudug‘ida ham burg‘ulash ishlari tugatilib, ayni paytda sinov ishlariga tayorgarlik olib borilyapti. Shuningdek, ushbu kondagi yana bir ekspluatatsion quduq ham burg‘ulanmoqda.

Loyiha amalga oshirilgandan buyon tabiiy gazning qazib olish hajmi jami 3,57 mlrd kub metr, gaz kondensati 110,81 ming tonnani tashkil etmoqda.

Tabiiy gaz qazib chiqarishning hajmini pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “Natural Gas-Stream” KQ MChJ tomonidan 2 ta quduqda burg‘ilash, 6 ta quduqda ikkinchi yon tana qazish ishlari va 11 ta quduqda kapital ta’mirlash bo‘yicha amaliy chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish uchun qatlamni gidravlik yorish, koltyubing qurilmasi orqali qatlamga kislotali ishlov berish, gorizontal yo‘nalishga ega bo‘lgan quduqlar qazish va yon tana qazish kabi zamonoviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda.

Loiyha doirasida hozirgi kunga qadar 297.2 million dollar to‘g‘ridan-tug‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz