9 dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yurtimizda ilk marotaba keng ko‘lamli “Antikorruptsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan haftalik doirasida bir qator vazirlik va idoralarda “ochiq eshiklar kunlari” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hususan, mazkur tadbir “O‘zbekneftgaz” AJda joriy yilning 3 dekabr sanasida soat 10.00 dan 16.00 qadar jamiyatning Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A. Temur shox ko‘chasi, 66-uyda joylashgan ma’muriy binosida (mo‘ljal: “Minor” metro bekati) o‘tkazilishi belgilangan.
Tadbir davomida “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, korruptsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorruptsion tizimlarni joriy etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Shuningdek, ommaviy axborot vakillari, jurnalistlar, blogerlar va fuqarolarimiz jamiyatda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.
Ochiq eshiklar kunida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali o‘tib, ariza shaklini joriy yilning 24 noyabridan 30 noyabriga qadar to‘ldirib yuborishingiz so‘raladi.
Havola: KIRISH
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan