O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-sonli farmoniga muvofiq “O‘zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan aktsiyadorlarning dividendlar to‘lovini amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy qilinishi belgilangan.

“O‘zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlariga o‘z vaqtida dividend mablag‘larini to‘lab berish, to‘lab berilgan mablag‘lari haqida aktsiyadorlarni xabardor qilish, to‘lov tizimini avtomatlashtirish, inson omilini kamaytirish, ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechish va yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida “O‘zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatining tegishli mutasaddi bo‘linmalar tomonidan dasturiy ta’minot ishlab chiqildi.

“O‘zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlariga 2019 yil yakuni bo‘yicha hisoblanadigan dividend mablag‘larini ushbu yangi dasturiy ta’minot orqali to‘lab berilishi rejalashtirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz