“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari O.Temirov amalga oshirilayotgan rejali ta’mirlash ishlari va tarmoqlangan boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati bilan tanishish maqsadida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda bo‘ldi.

Dastlab, texnologik jarayonlarining ish samaradorligi va ishonchliligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash va modernizatsiya ishlari holati o‘rganildi.

Jumladan:
- Majmuaning markazlashgan boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish ishlari;
- Majmuaning uzluksiz ish rejimini ta’minlab turuvchi PA-6101AX va PA-6101BX qozonxonalarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish ishlari;
- Zavod xavfsizligida o‘ta muhim o‘rin tutuvchi avariya holatlariga qarshi HIMA himoya va blokirovka boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish ishlari;
Deminerallangan suv tayyorlash qurilmasining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish ishlari joyida o‘rganildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida “Shurtan GKM” MCHJning faoliyati natijalari, ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi holati tahlil qilinib, soha obyektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash borasidagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar ijrosi nazoratdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, majmuada ishchi-xodimlarni ish joyiga o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazib keltirish va olib ketish ishlari, majmuaga navbatchilik davrini o‘tayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan barcha zaruriy choralar ko‘zdan kechirilib, Boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan majmua rahbariyati va mas’ul xodimlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati