O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 9 iyul kuni "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan, “O‘zbekneftgaz” AJda moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘iga asosan, “O‘zbekneftgaz” AJ qoshida “UNG training” MChJ yagona ta’lim markazi tashkil qilindi.
“UNG training” MChJning tashkil etishdan asosiy maqsad bu “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ishchi xodimarini neft-gaz sohasida malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan iboratdir.
“UNG training” MChJ o‘quv markazi sobiq “Tarmoqlararo o‘quv-kurs kombinati” MChJ hamda “Ta’sis-o‘quv” ta’lim markazi MChJ negizida tashkil etilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ham o‘z bo‘linmasiga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash lozimki, “UNG training” o‘quv markazi boshqa tashkilotlarning ishchi xodimlariga ham malaka oshirish va qayta tayyorlash servis xizmatlari ko‘rsatishi rejalashtirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan