“O‘zbekneftgaz” AJning mutaxassislari Buyuk Britaniyaning “Globuc” kompaniyasi tomonidan 2020 yilning 9-10 iyul kunlari tashkil qilingan onlayn konferentsiyada ishtirok etishdi.
Konferentsiyada MDH davlatlari tomonidan neft va gaz kimyosi bo‘yicha qilinayotgan yangi loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirishning yangicha usullari, bozor talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish to‘g‘risida muzakoralar olib borildi.
Shuningdek, tabiiy gazni qayta ishlab yuqori qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni eskport qilish loyihalari to‘g‘risida MDH davlatlarining soha mutaxassislari fikr va tajriba almashishdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan