​​"O‘zbekneftgaz": Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashdi.

"O‘zbekneftgaz" AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Evropa standartlariga javob beruvchi dizelь yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan edi. 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab, ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirildi.

2020 yilning 26 mart kunidan e’tiboran, Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi.

29 aprel kunidan boshlab bu mahsulotning narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

 

Manba: "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati