"O‘zbekneftgaz" Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev "Hyundai Engineering Co., Ltd." Prezidenti Kim Chen-xak bilan muzokaralar o‘tkazdi

Joriy yilning 14 may kuni "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev "Hyundai Engineering Co., Ltd." Prezidenti janob Kim Chen-xak bilan videokonferentsiya aloqa orqali muzokaralar o‘tkazdi.

Boshqaruv raisi "O‘zbekneftegaz" AJ va "Hyundai Engineering Co., Ltd." bir necha yildan buyon yaqin hamkorlikda O‘zbekistonda qator strategik strategik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilganini va davom ettirilayotganligi alohida ta’kidlab o‘tdi.

Muzokara davomida kompaniya rahbariyati Qashqadaryo viloyatida GTL zavodini qurish loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Tomonlar belgilangan muddatda zavod qurilishini yakunlash uchun birgalikda harakat qilish zarurligini kelishib oldilar.

Shuningdek, Mehriddin Abdullaev COVID-19 koronavirusi pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga qaramay, "Hyundai Engineering Co., Ltd." kompaniyasi tomonidan GTL loyihasi bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.


Videokonferentsiya aloqa yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish hamda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishdilar.

Eslatib o‘tamiz, “Hyundai Engineering Co., Ltd.” kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida GTL texnologiyasi asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasining bosh pudratchilaridan biri hisoblanadi.
Qiymati 3,6 milliard dollarlik ushbu loyiha yiliga 3,6 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlaydi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradi. GTL zavodning qurilish-montaj ishlarini yakunlash 2020 yilning dekabr oyiga mo‘ljallangan.


"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz