Joriy yilning 7-oktyabr sanasidan Shurtan gaz kimyo majmuasida joriy ta'mirlash ishlariga start berilib, texnologik jarayonlarining ish samaradorligi va ishonchliligini oshirish maqsadida bir qator qurilma va uskunalarda modernizatsiya ishlarini amalga oshirish ishlari rejalashtirilgan.
Joriy ta'mirlash ishlari olib boriladigan sexlar tomonidan mas'ul mutaxassislar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jami 1238 ta ishlar uchun qaydnomalar tayyorlandi va ayni paytda ta'mirlash ishlariga tayyorgarlikning eng so‘nggi gaz qabul qilishni kamaytirish borasidagi xatti-harakatlarni amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, joriy ta'mirlash ishlariga xalqaro mutaxassislar ham taklif etilgan bo‘lib, ayni paytda majmuada Yaponiya, Malayziya, Shvetsariya hamda Rossiyadan taklif etilgan mutaxassislar majmuamizning malakali mutaxassislari bilan birgalikda ta'mirlash jarayonida amalga oshiradigan ishlari loyihalari ustida ishlashmoqda.
Ta'kidlab o‘tish joizki, rejali joriy ta'mirlash ishlari, ishlab chiqarish jarayonlarida kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini ta'minlash uchun xizmat qiladi.
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati