Birinchi turdan farqli o‘laroq, 2 turda jamoalar bir-birlari haqida, jamoalarning holati haqida yaxshigina xulosalar chiqarganliklari uchun bu tur o‘yinlari anchagina falsafiylik kasb etdi. Hozir jamoalar o‘rtasidagi baxslar natijalari va tavfsilotlariga qichqacha to‘xtalsak.

"A" guruh 2-tur 1-o‘yini Nazorat o‘lchov asboblari sexi +Metrologiya xizmati -Kengaytirish loyihasi 2-3 Kengaytirish loyihasi jamoasining irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

"A" guruh 2-tur 2-o‘yini Qorovullik qo‘riqlash xizmati-Tashqi suv ta’minoti jamoasining javobsiz 16 ta goli bilan yakunlandi. Hisob 0-16

"A" guruh 2-tur 3-o‘yinida Ma’muriy boshqaruv apparati - Atrof muhit muhofazasi xizmati+Oqova suvlarni tozalash sexlari birlashgan jamoasiga qarshi baxs olib borib 3-7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"A" guruh 2-tur so‘nggi 4-o‘yini Polietilen ishlab chiqarish sexi - Etilen ishlab chiqarish sexiga qarshi baxsga kirishib muzokarali sabablar tufayli o‘yinning 12-daqiqasida 1-1 hisobi qayd etilayotgan holatida o‘yin to‘xtatildi. Tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan kelgusida o‘yin shu vaqt va shu hisob bilan davom ettiriladi.

"B" guruh 2-tur 1-o‘yini Mexanik ta’mirlash sexi va Omborlarni boshqarish xizmati + Temir yo‘l transport xizmati birlashgan jamoalari o‘rtasida kechib, murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yin 0-6 hisobida Omborlarni boshqarish xizmati + Temir yo‘l transport xizmati birlashgan jamoalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

"B" guruh 2-tur 2-o‘yini Avtotransport ta’minoti xizmati - Qarshitermoplast + Uy-joydan foydalanish xizmati birlashgan jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tib, 0-6 hisobida Qarshitermoplast + Uy-joydan foydalanish xizmati birlashgan jamoalarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

"B" guruh 2-tur 3-o‘yini Ichki suv ta’minoti - Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i + Umumiy ovqatlanish sexi birlashgan jamoasi bilan bellashib 13-0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

"B" guruh 2-tur so‘nggi 4-o‘yinida Elektr ta’minoti sexi - Bug‘gazhavota’minoti sexiga qarshi o‘ynab, Elektr ta’minoti sexining 3 ta kombinatsion goli hisobiga 3-0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Chempionatning 2 tur o‘yinlari yakuniy natijasiga ko‘ra turnir jadvali quyidagi ko‘rinishga keldi

2-tur "A" va "B" guruhi doirasida bo‘lib o‘tgan bahslardan fotoreportaj:

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz