Joriy yilning aprel-may oylarida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ hududidagi temir yo‘llardagi 2 dona strelkali o‘tkazgichlarining ma’nan eskirgan yog‘och bruslari temir beton bruslarga almashtirildi.

Mazkur jarayon majmua Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmatning yo‘l xo‘jaligi mutaxassislari hamda «Temiryo‘linfratuzilma» AJ xodimlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirildi.

Ta’mirlash ishlari davomida uzunligi 2700 mm dan 5500 mm gacha bo‘lgan jami 224 dona temir beton shpallar o‘rnatildi.

Temir beton bruslar yog‘och bruslarga nisbatan uzoq muddat xizmat qilishi va mexanik yuklamalarga yuqori chidamliligi, shuningdek, saqlash uchun xarajatlarning kamligi bilan afzaldir.

Shu sababdan majmua hududidagi temir yo‘llarda yog‘och bruslar bosqichma-bosqich temir beton bruslarga almashtirib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, strelkali o‘tkazgichlar - temir yo‘l transportida poyezdlarni bir yo‘ldan boshqasiga o‘tkazish uchun hamda yo‘llarni o‘zaro bog‘lovchi va kesishtiruvchi sifatida qo‘llaniladi.


«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati