“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda Yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimining yer osti quvurlarini ma’nan eskirgan qismlarida bosqichma-bosqich ta’mirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Etilen ishlab chiqarish sexidagi oltingugurt olish qurilmasi hududidagi yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimining yer osti metal quvurlari 23 yildan ortiq muddat davomida ishlatilib kelingan.
Tegishli mutaxassislar tomonidan ushbu metal quvurlarda o‘tkazilgan profilaktik tekshiruvlar natijasida quvurlarda ichki va tashqi korroziyaga uchrash holatlari aniqlanganligi va metal quvurlar ma’nan eskirganligi sababli yangi turdagi polietilen quvurlarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati