“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limining 2023 yil 01 fevraldagi 30-05 sonli tekshirish xabarnomasi va 20 fevraldagi 30-03 sonli buyrug‘iga asosan 21 fevraldan 24 fevralgacha bo‘lgan muddatda Sanoat va radiatsiya xavfsizligi, mehnat muhofazasiga oid amaldagi qonunchilik va normativ texnik hujjatlar talablarini bajarilishi yuzasidan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo hududiy bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi.

Ushbu jarayonda korxonaning Sanoat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, mehnat va atrof muhit muhofazasi boshqarmasi boshlig‘i U.Xaydarov, Sanoat xavfsizligi va texnik nazorat xizmati boshlig‘i Z.Tursunov, Sog‘likni saqlash va mehnat muhofazasi xizmati boshlig‘i Z.Rashidov hamda majmua bosh mutaxassislari, tegishli sex, tarmoq, xizmat va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

O‘rganish ishlari davomida, majmuaning Sanoat va radiatsiya xavfsizligi, mehnat muhofazasiga doir qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlar talablarining bajarilishi (Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varaqalari va ekspertiza xulosalari, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi, texnogen xavfi yuqori zonalar kadastr pasporti, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardar qilish hujjatlari va boshqalar) yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, majmuada muhandis texnik xodimlar va ishchilarning o‘qitilishi, attestatsiya va bilimlarini davriy tekshiruvini tashkil etilishi bo‘yicha, hamda majmua xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalanilayotgan texnologik uskunalar, shamollatish tizimlari va qurilmalari, sanoat quduqlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ortib ketishidan saqlovchi moslamalari, texnologik reglamentlari, aylanuvchi mexanizmlari va quvur o‘tkazgichlarini ishlatish davomidagi holatlari nazoratdan o‘tkazildi.

Nazorat-o‘rganish ishlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida korxonaning tegishli mutaxassislariga tavsiyalar berildi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|