Shurtan gaz kimyo majmuasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, qolaversa sex, xizmat, tarmoq va bo‘limlararo jamoaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida hamda Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami munosabati bilan 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha "Mustaqillik kubogi-2023" turniri bo‘lib o‘tdi.
Dastlab mutasaddi xodimlar va turnirda ishtirok etish istagida talabnoma taqdim etgan majmuaning turli xil sex, tarmoq, xizmat va bo‘limlaridan tashkil topgan 16 ta jamoa ishtirokida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va jamoalar to‘rt guruhga saralandilar.
Murosasiz bahslar va qiziqarli vaziyatlar ostida o‘tgan guruh bosqichi o‘yinlaridan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
Guruh bahslarida yuqori ochko to‘plagan jamoalar, chorak final va yarim final bahslarida bor kuch-g‘ayratini ishga solgan holda final yo‘llanmasi uchun bellashdilar.
Yakunda barcha barcha bosqichda raqiblarini birin ketin mag‘lub qilgan Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining "Avtotransport" jamoasi birinchi o‘rinni, "Qarshitermoplast" sexining "Termoplast" jamoasi ikkinchi o‘rinni, Bug‘ gaz havo ta’minoti sexining "BGHT" jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladilar.
Musobaqa yakuniga bag‘ishlangan tadbirda "Shurtan GKM" MCHJ Bosh direktori Shuxrat Aslanov so‘zga chiqib, musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tganligini alohida ta’kidlagani holda ushbu turnirda ishtirok etgan va tashkiliy ishlarda ko‘maklashgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Musobaqa yakuniga bag‘ishlangan tadbirda majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek ushbu musobaqada bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar ham taqdirlandilar:
Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi - To‘raqulov Sanjar - Avtotransport bilan ta’minlash xizmati;
Turnirning eng yaxshi darvozaboni - Mustafoyev Zoxid - "Qarshitermoplast" sexi;
Turnirning eng yaxshi himoyachisi - Murodov Ma’rufjon - Polietilen ishlab chiqarish sexi;
Chempionat to‘purari - Joriyaqulov Elnur - Bug‘ gaz havo ta’minoti sexi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati