Avval xabar berganimizdek “Shurtan GKM” MCHJda muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik jihozlarning 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, majmua ishlab chiqarish jarayonida muhim sanalgan suv va suv resurslari bilan ta’minlovchi Ichki suv ta’minoti sexida ham barcha qurilmalarda navbatdan tashqari profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Xususan, sexga qarashli 2-nasos stansiyasi blogi (BNS-2) qurilmasiga tegishli ichimlik suvi saqlash rezervuarini profilaktik tekshirish natijasida rezervuarni suv bilan ta’minlovchi diametri 108 mm li metall quvur ma’nan eskirganligi aniqlanib, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni oldini olish maqsadida yangi polietilen quvurlarga almashtirilmoqda.
Shuningdek, BNS-2 qurilmasiga tegishli ichimlik suv saqlash rezervuaridagi kirish kamerasida yer ostidan sizib chiquvchi zax suvlarni yig‘ilib qolishini oldini olish maqsadida, kameraning pol va devor qismlari qayta qurilib, nam o‘tkazmaydigan gidroizol qoplama qoplash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, yillik ta’mirlash rejasiga asosan sexning mexanik ta’mirlash brigadasi tomonidan suv tayyorlash qurilmasiga tegishli barcha soda eritmasi haydash nasoslarida ham ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati