Ayni kunlarda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning barcha sex, tarmoq, xizmat va bo‘limlarida 2023-yilning 11 oktyabrida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2023 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvlarda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Kasaba uyushma qo‘mitasi, Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati xizmati, Mehnatni tashkillashtirish va ish haqi bo‘limi, Personalni boshqarish xizmati va Buxgalteriya hisobi bo‘limining tegishli mutaxassis xodimlari ishtirok etmoqdalar.
Uchrashuvlar davomida ishchi-xizmatchilarga 2023-2025 yillar uchun tasdiqlangan jamoa shartnomasining 2023 yil yakunlari bo‘yicha bajarilgan ishlar tahlili o‘qib eshittirilib, mazkur jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasidagi ishchi-xizmatchilar tomonidan bildirilgan takliflar tinglanmoqda, berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilmoqda.
Shuningdek, mehnat munosabatlari, ish beruvchi va xodimlarning huquqlarini tartibga solishning yangi normalari, yillik asosiy ta’tillarni berish tartibi, ta’tillar jadvali tushunchasi va mazmun-mohiyati yuzasidan ko‘rgazmali taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, uchrashuvlarda majmua sex, tarmoq, xizmat va bo‘linma ishchi-xizmatchilari o‘rtasida odob-axloq qoidalari, ish va ishdan tashqari vaqtda amal qilishlari shart bo‘lgan kasbiy madaniyat va xizmat etikasiga oid ma’lumotlar berilmoqda.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati