"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Breyn-ring" intellektual shousining 2024 yilgi mavsumiga start berildi.

"Breyn-ring" intellektual shousining 2024 yildagi birinchi "A" guruh bellashuvi Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexining "Orion", "Qarshitermoplast" sexining "Ekoplast" hamda Uy-joydan foydalanish xizmati xotin-qizlaridan tashkil topgan "Boriga baraka" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Uch raund davom etgan bilimlar bellashuvi natijasiga ko‘ra "Orion" jamoasi 7 ball bilan dastlabki bellashuv g‘olibiga aylandi.

"BRЕYN RING" intellektual shousining dastlabki bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan intellektual shouning dastlabki bellashuvida faollik ko‘rsatgan "Boriga baraka" jamoasi a’zoslariga jahon adabiyotidagi eng sara asarlar to‘plami sovg‘a qilindi.

"Breyn-ring" intellektual shousining 2024 yil mavsumi uchun, qur’a tashlash natijasiga ko‘ra shakllangan guruhlari va o‘yinlar ketma-ketligi:

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati