Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi majmua boshlangʼich tashkilotining 2019 yilga moʼljallangan ish rejasiga muvofiq joriy yilning 5 iyul kuni majmua yosh mutaxassislari "Muborak gazni qayta ishlash zavodi"ga ishlab chiqarish jarayoni va innovatsion loyihalar bilan tanishish maqsadida malakaviy tashrif uyushtirildi.
Tashrif mobaynida majmua yosh mutaxassislari dastlab xavfsizlik texnikasi yoʼriqnomasi bilan tanishtirilib, soʼngra korxonaning 18-sonli Propan-butan olish qurilmasida gazni qayta ishlash jarayonlari bilan, 17- va 20-sonli Tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalash sexlarining texnologik qurilmalari hamda Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati faoliyatiga tadbiq etilgan yangiliklar bilan yaqindan tanishildi.
Tadbir soʼnggida "Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" yosh mutaxassislari "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" yoshlari bilan oʼzaro tajriba almashinish maqsadida "Yoshlar uchrashuvi" oʼtkazildi. Uchrashuvda "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJ bosh direktori Sh.J.Shamsiev soʼzga chiqib, neft-gaz sanoati korxonalarida oʼz mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar oʼrtasida oʼzaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir muhim ahamiyat kasb etishini, kelgusida ushbu oʼzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida bu kabi tadbirlarni koʼproq tashkil etish lozimligini bildirib, yigʼilgan yoshlarga oʼz ishonchini bildirdi.
Tadbir soʼnggida majmua yoshlariga "Muborak GKIZ" MChJ tomonidan esdalik sovgʼalari topshirildi.