2023 yil 18 aprel kuni Prezidentimiz huzurida suv xo‘jaligi sohasini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unda “Suvchilar maktabi”ni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Shunga muvofiq Suv xo‘jaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Agrobank hamkorligida 2023 yilning 29 may kuni “Suvchilar maktabi” tashkil etilgandi.
Mazkur maktabda “Loyihachi” o‘quv kurslari ham tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamiz hududidagi pudratchi-quruvchi tashkilotlar va sanoat korxonalari mutaxassis xodimlarini sertifikat asosida o‘qitish tashkil etilgan.
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmatining ikki nafar mutaxassisi ham ushbu kurslarda o‘qib, malaka oshirib qaytishdi.
Uquv kurslari davomida tinglovchilar suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda suv tejaydigan texnologiyalar, xususan, tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib, pulsar sug‘orish tizimlarini keng joriy etish borasida nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab oldilar.
Kurs yakunida "Suvchilar maktabi" rahbariyati tomonidan tinglovchilarga malaka sertifikatlari topshirildi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati