"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tasarrufidagi "Lochin" bolalar dam olish orimgohida yozgi masum davomida 4 ming nafarga yaqin bolajonlar maroqli dam olishdi.

Mavsumning birgina 4-oqimida majmua ishchi-xodimlarining farzandlari bilan bir qatorda, turdosh korxonalar, kam ta'minlangan oilalar farzandlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Ayollar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarning 200 nafar farzandlari ham maroqli dam olishdi.

Mavsum davomida oromgohda bolajonlarning yaxshi dam olishlari va oromgohda o‘tkazilgan har bir soniya yoshlikning unutilmas damlari bo‘lib qolishi uchun turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar, qiziqarli tugaraklar tashkil etildi.

Shuningdek, majmua ma'muriyati tomonidan mavsum davomida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan bolajonlar va tarbiyachilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz