Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubiga a’zolik uchun o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Quvonarlisi, tanlov g‘oliblari orasida majmua yosh xodimi, majmua yoshlar ittifoqi a’zosi, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot kotibi Shaxzod Hasanov O‘ral o‘g‘li ham bor.

Shaxzod Hasanovga "Kelajak liderlari" dasturidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Ma’lumot uchun, Sh.Hasanov 1991-yil G‘uzor tumanida tavallud topgan, ma’lumoti oliy, mehnat faoliyati davomida bir qator tashkilotlarda, xususan, G‘uzor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati monitoring mutaxassisi, G‘uzor tuman hokimligi Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis va “Uzbekistan GTL” MCHJ mutaxassisi vazifalarida samarali faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Sh.Hasanov Xalq deputatlari G‘uzor tuman Kengashi deputati sifatida faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Klubga a’zolik uchun 6246 nafar talabgor ariza topshirgan edi.

 

www.sgcc.uz