O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ – 4388-sonli “Aholini va iqtisodiyotni energoresurslar bilan barqaror ta’minlash, neft va gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, jamiyat tarkibidagi korxonalarda moliyaviy hisobot yuritishning xalqaro standartiga o‘tkazishni ta’minlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig‘i bilan bir qator choralar belgilangan.

Xususan, 2020-yildan boshlab tizim tarkibidagi korxonalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar oldidagi majburiyatlarni baholash uchun ma’lumotlar yig‘ilmoqda.

Shuningdek, kadrlarni boshqarishda dunyo standartlariga amal qiladigan xalqaro tajribalardan foydalangan holda yangicha boshqarish – HR tizimini Jamiyat korxonalarida qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Ayni paytda Tashkiliy rivojlantirish va personalni rag‘batlantirish bo‘limi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJning 2020-yilgi hisobotlarini “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga moslashtirish jarayonida aktuaring ma’lumotlari tayyorlanmoqda.

Joriy yilda “Ernst & Young” kompaniyasi bilan hamkorlikda departamentlar va mustaqil bo‘limlar faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (KPE)ni ishlab chiqishda ishtirok etish hamda xodimlar maoshini ushbu ko‘rsatkichlarga bog‘lash tizimining joriy qilinishida jahon tajribasini o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz