Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining bir guruh xodimlari Qashqadaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi mas’ullari bilan birgalikda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida bo‘lishdi.

Dastlab, mehmonlarga Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida bosh direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Isaev tomonidan majmuaning ishlab chiqarish jarayoni tushuntirildi va 2022-yil 25-yanvar kuni Markaziy osiyo yagona elektr tarmog‘ida yirik avariya yuz berishi oqibatida korxonaning texnologik qurilmalariga yetkazilgan zararlarini misollar va ko‘rgazmali foto faktlar yordamida tushuntirib berildi.

Tashrif davomida mehmonlarga Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilma haqida to‘liq ma’lumotlar berildi

Shuningdek, majmuada murakkab texnologik qurilmalarni 100 foiz mahalliy mutaxassislar tomonidan boshqarilayotganligi va xizmat ko‘rsatayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

 


"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz