“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi barcha boshqarma va korxonalarda amalga oshirilayotgan yangi investitsion loyihalarda atrof-muhit muhofazasi talablarini nazoratga olish hamda ekologiya xavfsizligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Xususan, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi “Uchqir” gazni oltingugurtdan tozalash majmuasidagi texnologik qurilmalardan ajratib olinayotgan sanoat oqova suvlarini qatlamga haydash vaqtida nasosni va sanoat oqova suvini qabul qiluvchi quduqda tubdan ta’mirlash ishlari olib borilgan vaqtda vaqtincha saqlash uchun zaxira bug‘lantiruvchi hovuz quriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Sho‘rtan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va “Muborak” gazni qayta ishlash zavodining ekoanalitik laboratoriyalari uchun sanoat va maishiy oqova suvlar tarkibini tahlil qilishda kerakli bo‘lgan zamonaviy kimyoviy-reaktivlar sotib olish uchun buyurtma berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz