2017 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud topgan kunda o‘tkazilayotgan xotira tadbiri munosabati bilan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi MCHJ xodimlari uchun 2500 (ikki ming besh yuz) kishiga mo‘ljallangan bepul osh tarqatildi.
Buyuk davlat va siyosat arbobi tavallud topgan kun munosabati bilan katta majlislar zalida “Istiqlol me’mori xotirasi qalbimizda mangu qoladi” mavzusida xotira tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda majmuada mehnat qilib kelayotgan 228 nafar xodimlar ishtirok etdilar.
Majmuaning ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.P.Qurbonov tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning hayoti va faoliyati haqida gapirib berdi. Tadbir ishtirokchilaridan M.Gapparov, G.Toshpo‘latov va D.Osimova so‘zga chiqib O‘zbekiston davlatining asoschisi, davlat va siyosat arbobi, ko‘pmillatli O‘zbekistonda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlagan, vatanimizni rivojlanayotgan demokratik davlatga aylantirgan, istiqlolimizning me’mori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Sho‘rtan gaz kimyo majmuasini ishga tushirilishi munosabati bilan majmuaga tashrifi, xodimlar bilan o‘tkazgan suhbatlari, viloyatimiz hududida oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida to‘lqinlanib gapirdilar. G.Toshpo‘latov bag‘rikeng va insonparvar inson – I.A.Karimovning xotirasiga bag‘ishlab yozgan she’rini o‘qib berdi.
Tadbirda “NASAF CINEMA” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanobliligi bilan yurtimizning tarixida o‘chmas iz qoldirgan, juda qisqa muddatda O‘zbekistonni dunyoga tanitishga musharraf bo‘lgan elimizning ardoqli farzandi, O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning hayot yo‘li haqida hikoya etuvchi “Ehtirom” nomli hujjatli film namoyish etildi.