O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq joriy yilning 6-7-oktyabr kunlari Qarshi shahridagi “Olimpiya zaxiralari maktab-itnternati” manejida hududiy sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda respublikadagi yirik tarmoq korxonalari, vazirlik va idoralar o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan mazkur tadbirda 
“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi korxonalar alohida stend bilan ishtirok etadi.

Yarmarka doirasida “O‘zbekneftgaz” AJning sanoat salohiyati, xomashyo resurslarini qayta ishlash holati va istiqbollari, ishlab chiqarish infratuzilmasi, chet-el investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, import nomenklaturasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha loyiha takliflari namoyish etilishi belgilangan.

Tadbir davomida investisiya loyihalari hamda tarmoq korxonalari ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan tovar va xizmatlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, "O‘zbekneftgaz" AJ korxonalarining 2023-yil ehtiyojlari doirasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish bo‘yicha aniq shartnomalar imzolanadi.

Barcha tadbirkorlik subyektlarini “O‘zbekneftgaz” AJ bilan sanoat kooperatsiyasi aloqalarini o‘rnatishga taklif etamiz!

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz